Denis Korostichenko: "Nazarimda, "Andijon" Superligadagi standart vaziyatlardan foydalanish borasida eng yaxshi jamoa"

  • 26 oktabr, 2024, 22:28
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
CHERY AUTO

“Andijon” – “Olimpik” (1:0) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida mehmonlar bosh murabbiyi Denis Korostichenko ishtirok etdi.

Tecno

- Birinchi navbatda jamoamiz a’zolarining jasorati, matonati uchun ularga minnatdorlik bildirmoqchiman. Bugun yigitlar harakat qilishdi, kurashishdi. Ular jismonan ham ruhan qarshilik ko‘rsata oldilar. Aytishim kerakki, ayrim futbolchilarimiz muxlislar bilan to‘la bo‘lgan stadionda birinchi bor o‘ynashgani uchun ularga oson bo‘lmadi. Nima deya olaman: “ Andijon”ni g‘alaba bilan tabriklayman. Maydon egalari deyarli butun bahs davomida hujum qildilar va oxir-oqibat kerakli natijaga erisha oldilar. Biz esa rejani himoyaga tayangan holda tezkor qarshi hujumlar tashkil etish orqali tuzgandik. Shuning uchun bo‘lsa kerak, bahs  oxirida charchab qoldik va gol o‘tkazib yubordik. Ha, bizda ham gol urish uchun imkon bo‘ldi, biroq vaziyatdan foydalanish nasib qilmadi.

- Bugungi uchrashuvda jamoangiz himoyachilari tartibli o‘ynadilar. Bilasiz, “Andijon” standart vaziyatlarda yaxshi o‘ynay oladi. Bu narsa ustida mashg‘ulotlarda alohida ishlaganmisizlar?

- Savolingiz uchun rahmat. Ha, biz “Andijon”ning standart vaziyatlardan unumli foydalana olishini bilardik. Shunga yarasha hozirlik ko‘rdik, klubning Kubok finalidagi o‘yinini o‘rgandik. Nazarimda, bu Superligadagi standart vaziyatlardan foydalana olish borasidagi eng yaxshi jamoa bo‘lsa kerak. Tayyorgarlik davomida Bubanya va Mamatkazin kabi ijrochilarni to‘xtatib qolish ustida ham ishladik. Buni deyarli uddasidan chiqa oldik, ammo oxirida gol o‘tkazib yubordik.

- Shu paytgacha “Olimpik” “Andijon”ni umuman engga olmagan va faqat bir marta durang qayd etgan. Bu xususida nima degan bo‘lardingiz?

- Ehtimol, bu gapim biroz mubolag‘ali tuyular, ammo oxirigacha yaxshi o‘ynaganimizdami, uyimizga ochko olib qaytgan bo‘lardik. Lekin boya aytganimdek, “Andijon”ning stadionida doim o‘zgacha muhit hukmronlik qiladi. Bunaqa sharoitda mezbonlarga qarshi turish mutlaqo osonmas. Men bu erga “Lokomotiv” bilan ham kelganman. O‘shanda ham bu erda o‘ynash oson kechmagandi. Uy o‘yini chog‘ida mahalliy fanatlar, muxlislar suyukli jamoasiga zo‘r dalda bera oladilar. Albatta, “Olimpik” bu erga kelib, tashabbusni o‘z qo‘liga olgan holda o‘ynaydigan jamoa emas. Qolaversa, klubga bu borada tajriba ham etishmaydi. Boz ustiga “Andijon” tarkibidagi futbolchilar biznikilardan ko‘ra tajribaliroq.  O‘ylaymanki, bunaqa sharoitda “Andijon” yanada zo‘r o‘ynashi kerak. Bunday jonkuyar muxlislarning ko‘magiga “Andijon” ajoyib o‘yin orqali javob berishi shart, deb hisoblayman. Jamoaga omad tilayman!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!