
Denisov "Zenit" akademiyasida faoliyat boshlashi mumkin
“Zenit” klubi sobiq yarim himoyachisi Igor Denisov yana piterliklar safiga qaytishi mumkin.
Sport24 tarqatgan xabarga ko‘ra, Igor ayni damda klub rahbariyati bilan jamoa akademiyasida murabbiy sifatida ishlash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda.
36 yoshli Denisov 2002-2013 yillarda “Zenit” sharafini himoya qilgan va 355 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Fikrlar