
Depay yana APLga qaytishi mumkin
"Barselona" futbolchisi Memfis Depay faoliyatini yana APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Sport.es" nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, hujumchiga "Tottenxem" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Memfis ham bu taklifga qarshi emas.
"Barselona" niderlandni kamida 20 million evroga sotishni rejalashtirgan. Kataloniyaliklar bu summadan kam narxga transferni amalga oshirmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Depayning "Barselona" bilan shartnomasi 1 yildan so‘ng yakuniga etadi va u kelasi yil erkin agentga aylanadi.
Fikrlar