Depayni Frantsiyada olib qolishmoqchi
"Lion" rahbari Jan-Mishel Olas niderlandiyalik hujumchi Memfis Depayni qo‘yib yuborish niyati yo‘qligi haqida gapirib o‘tdi.
"Memfis "Lion" oilasida uzoq vaqtlar qolishiga umid qilaman. Bu uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman. Men unga ishonaman va buni Depayning o‘zi yaxshi biladi", - deydi Olas.
Eslatib o‘tamiz, "Lion" Depayni "Manchester Yunayted"dan 2017 yil yozida ko‘chib o‘tgan. Oldinroq, "qizil iblislar" uni qayta sotib olish niyatidaligi xabar qilingan edi.
Fikrlar