Desham Benzema haqida: U 2015 yildagi futbolchi emas

  • 12 oktabr, 2021, 12:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham UEFA Millatlar ligasi finalidan o‘rin olgan Ispaniyaga (2:1) qarshi o‘yinda qo‘lga kiritilgan g‘alabadan so‘ng, hujumchi Karim Benzema haqida gapirib o‘tdi.

"Karim - kerakli futbolchi, u buni oxirgi ikki o‘yinda isbotladi. Men butun jamoa va Benzema uchun juda xursandman. U katta samaradorlikka ega.

U 2015 yildagi futbolchi emas. U hozir eng yaxshi formada. Inson sifatida u sezilarli darajada kamol topdi. U yana to‘rt yoki beshta musobaqada qatnashmaydi. Bu juda ham muhim sovrin emas. Lekin u bizga sovrinni yutishi kerak edi", - dedi Desham.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!