Dest jamoadoshlariga qaysi klubga o‘tayotganini ma’lum qilgan
Ispan nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "Ayaks" himoyachisi "Barselona" variantini ma’qul, deb topgan. U klubdan ketayotgani va "Barsa" bilan shartnoma imzolashga yaqinligi haqida jamoadosh do‘stlariga ham ma’lum qilgan.
"Blaugranas" 19 yoshli vunderkind uchun amsterdamliklarga 20 mln (+5 mln bonus) evro berishga tayyor. Shu bilan birga, futbolchiga "Bavariya" tomonidan ham qiziqish bo‘layotgandi. Myunxenliklar futbolchi uchun 25 mln evro atrofidagi summani naqd to‘lab berishga rozi.

Fikrlar