
Devin Xeynining keyingi raqibi va jang sanasi ma’lum
Boks bo‘yicha engil vazn toifasida mutlaq chempion Devin Xeynining qachon ringga qaytishi va raqibi ma’lum qilindi.
"The Boxing Voice" xabar berishicha, 9 dekabr kuni Devin Regis Progreysga qarshi ringa ko‘tariladi. Xeyni mazkur jangda barcha kamarlarini himoya qiladi.
34 yoshli Progreys hisobida 29 ta g‘alaba (24 tasi nokaut) va bitta mag‘lubiyat bor. Oxirgi jangida Danelito Zoriloni ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub etgan.
24 yoshli Xeyni may oyida Vasiliy Lomachenkoni xuddi shu tarzda engan. Uning rekordi 30-0 (15 ta nokaut).
Fikrlar