
"Devis Kubogi". O‘zbekiston - Turkiya bahsida g‘olib 5-o‘yinda aniqlandi
"Devis Kubogi" I guruh pley-off bosqichi uchrashuvlari poytaxtimizda o‘tkazilmoqda.
Biroz avval kunning dastlabki bahsida Sanjar Fayziev va Sergey Fomin juftlikda Altug‘ Chilekbilek hamda Yanki Erel ustidan 2 setda g‘alaba qozongandi. Shu tariqa, vakillarimiz hisobda oldinga o‘tib oldi.
Ammo 4 qarama-qarshilikda omad turkiyalik raketka ustasiga kulib boqdi. 2 soat 7 daqiqa davom etgan bellashuvda Sanjar Fayziev kambek qurboniga aylandi. Hisob 4:6, 6:1, 6:4.
Hozirgina O‘zbekiston - Turkiya bahsining hal qiluvchi - beshinchi uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda Sergey Fomin raqibning eng kuchli tennischisiga qarshi kortga chiqdi. Bahs Chem Ilkelning 7:6 (7:2), 7:6 (7:4) hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Mardonavor kurash uchun sportchilarimizga minnatdorchilik bildiramiz!
Fikrlar