Diaz:"Bu haqiqiy jang bo‘ladi !!!"

  • 29 yanvar, 2024, 10:47
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Sobiq UFC jangchisi Neyt Diaz(21-13) ikki vazn toifasida tashkilotning sobiq chempioni Konor Makgregor(22-6) bilan trilogiyani yakunlashga tayyorligini aniq aytdi. Neyt irlandiyalikning postiga izoh berdi, unda u "UFC 300" yubiley turnirida oktagonga qaytishini ma’lum qildi.

Tecno

"Bu haqiqiy jang bo‘ladi !!!", – deb izoh berdi Diaz.

14 aprelga o‘tar kechasi Las-Vegasda "UFC 300" turniri bo‘lib o‘tadi. Avvalroq Konor Makgregor va Maykl Chendler ushbu tadbirda jang qilishga kelishib olishgandi.

Eslatib o‘tamiz, Konor Makgregor va Neyt Diaz oktagonda ikki marta to‘qnash kelishgan. Birinchi jangda Neyt Konorni shov-shuvli tarzda mag‘lub qilgan bo‘lsa, ikkinchi qarama-qarshilikda MakGregor hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozonib, revansh olgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!