
Dibala bir qarorga keldi
Italiyaning bir qancha klublari “Yuventus”ning sobiq hujumchisi Paulo Dibalaga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi “Corriere della Sera” nashri.
Manbaga ko‘ra, 28 yoshli futbolchini “Roma”, "Inter", "Milan", "Napoli" va "Montsa" kabi jamoalar o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Biroq, argentinalik forvard Milan klublaridan birida faoliyatini davom ettirishni o‘zi uchun ustuvor vazifa deb biladi.
Dibala o‘tgan mavsumda "Yuventus"ning barcha musobaqalar doirasidagi 39 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 15 ta gol va 6 ta assist yozdirib qo‘ygan.
Oldinroq, "Roma" afsonasi Franchesko Totti argentinalik hujumchining Rim klubiga o‘tish ehtimoli juda yuqori ekanligini tan olgandi, biroq ba’zi holatlar kelishuvni yakunlanishiga to‘sqinlik qilmoqda.
Fikrlar