Dibalaga ruxsat berishdi

  • 09.05.2020 12:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Yuventus” hujumchisi Paulo Dibala nihoyat Turinga qaytdi va tibbiy tekshiruvlardan so‘ng jamoaga qo‘shildi.

Ta’kidlash kerakki, 26 yoshli argentinalik futbolchi 21 mart sanasida koronavirusga chalingan edi. U ushbu kasallik bilan naqd 1,5 oy kurashdi. J Medical tibbiyot markazida o‘tkazilgan so‘nggi tekshiruvlardan so‘ng unga jamoa qarorgohida yakka tartibda shug‘ullanishga ruxsat berilgan.

“Menda hammasi yaxshi”, - deydi Dibala Corriere dello Sport nashriga bergan intervyusida.

Paulo Dibala joriy mavsum “Yuventus” safida jami 13 ta gol hamda 12 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!