Dibalaga yangi jamoa topildi. Transfer yanvarda rasmiylashtiriladi

  • 10.12.2020 19:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Yuventus” hujumchisi Paulo Dibala qishki transferlar davrida Angliya premer-ligasiga ko‘chib o‘tishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Tottenxem” argentinalik to‘purarni olishga qaror qilgan. Joze Mourino jamoasi rahbarlari futbolchi uchun turinliklar talab qilayotgan 72,5 million funtni berishga rozilik bildirgan.

“Tottenxem” mavsumlar oralig‘ida ham Dibalaga og‘iz solgan edi. Biroq o‘shanda londonliklar u bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelisha olmagan. Paulo “yuventus” bilan ham aynan shaxsiy shartnoma bo‘yicha bir to‘xtamga kela olmadi. Sababi turinliklar futbolchining yiliga 15 million evrolik maosh borasidagi talabini qabul qilmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Liverpool fan
11/12/2020 08:25
72 млн бу уйинчига кимматро лекин