Dibalani Londonga olib ketishmoqchi

  • 16 mart, 2021, 22:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

27 yoshli argentinalik futbolchiga "Tottenxem" va "Chelsi" klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda France Football nashri xabar tarqatdi.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, London grandlari Dibalaning transferi uchun 50-55 million evro to‘lashga tayyor. "Yuventus" ham uni yozda sotishni rejalashtirayotgan bo‘lishi mumkin, boisi tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2022 yilga qadar imzolangan.

Dibala joriy mavsum "Yuve" safida 16 ta o‘yinda ishtirok etdi va 3 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Transfermarkt.com talqiniga ko‘ra, uning transferi 70 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!