Diego Kosta: "2014 yildgi final faoliyatimdagi eng og‘ir palla bo‘lgan"
"Atletiko Madrid" sobiq hujumchisi Diego Kosta o‘z faoliyatidagi eng yomon on qaysi ekanini aytib o‘tdi.
"O‘sha final — faoliyatimdagi eng yomon palla. Hammasi qanday kechgani sababli ayniqsa og‘ir bo‘lgan. Lekin bunday mag‘lubiyatlardan ham ijobiy jihat topish kerak. Biz Chempionlar ligasi finaligacha yetib bordik. Zamonaviy “Atletiko”ning muvaffaqiyatli tarixi aynan o‘sha davrdan boshlangan", — dedi Kosta Mario Suaresga bergan intervyusida.
Ispaniya terma jamoasida o‘ynagan, braziliyalik kelib chiqishga ega forvard 2014 yildagi Chempionlar ligasi finalini alohida ta’kidladi. O‘sha hal qiluvchi bahsda "matraschilar" Madridning "Real" jamoasiga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi. "Atletiko" 93-daqiqagacha 1:0 hisobida oldinda borayotgan, ammo ustunlikni saqlab qola olmagan va qo‘shimcha vaqtda yana uchta gol o‘tkazib yuborgan.
Fikrlar