Diego Kosta ham soliqlardan bo‘yin tovlashda ayblanmoqda
Madridning "Atletiko" klubi forvardi Diego Kosta 1,1 million evro miqdorida soliqlarni to‘lamaganlikda ayblanmoqda.
El Mundo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 30 yoshli futbolchi 2014 yilda Adidas kompaniyasi bilan imzolagan hamkorlik shartnomasini va undan keladigan daromadni yashirgan.
Eslatib o‘tamiz, Kosta Ispaniya soliq qo‘mitasi tomonida ayblangan birinchi futbolchi emas. Bungacha Ronaldu va Messi ham bu borada ayblanishgan.
Fikrlar