Diego Simeone "Barselona"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng: "Ko‘prog‘iga loyiq edik"
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone La Liga 16-turidan o‘rin olgan "Barselona"ga qarshi bellashuvdagi mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.
"Haqiqat shuki, biz mag‘lub bo‘ldik. Ha, ko‘prog‘iga loyiq edik, ammo etarlicha tajovuzkorlik ko‘rsata olmadik. Raqib va o‘z jarima maydonida yaxshi harakat qilish bahs taqdiriga katta ta’sir o‘tkazdi.
Muvaffaqiyatsiz kechgan dastlabki 20 daqiqalikdan so‘ng jamoam men istagandek o‘ynadi, ammo bu natijani o‘zgartirishga kamlik qildi",-dedi Simeone "Marca" nashriga.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv taqdirini kataloniyaliklar vingeri Usmon Dembelening 22-daqiqada kiritgan goli hal etib berdi.

Fikrlar