Dik Advokat faoliyatini qachon yakunlashini aytdi

  • 01.12.2020 23:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Feyenoord" klubi ustozi Dik Advokat qachon murabbiylik faoliyatini yakunlashini aytdi.

“Men buni avval ham aytganimni tushunaman, ammo endi siz bu mavsum mening uchun oxirgisi ekaniga amin bo‘lishingiz mumkin. Men uzoq va ajoyib faoliyat o‘tkazdim. "Feyenoord" bu ishni tugatish uchun ajoyib klub. Ushbu mavsumda muvaffaqiyat qozonishimizga ishonaman”, - dedi gollandiyalik mutaxassis.

73 yoshli Dik Advokat faoliyati davomida DSVP, "Xarlem", "Dordrext", PSV, "Reyndjers", "Borussiya M", "Zenit", AZ, "Sanderlend", "Fenerbaxche",  "Sparta" va "Utrext" klublarini, Janubiy Koreya, Rossiya, Belgiya, Serbiya, Gollandiya va BAA terma jamoalarini boshqargan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!