Dik Advokat Jahon chempionatida debut qiladigan terma jamoani boshqaradi

  • 12.05.2026 23:03
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kyurasao futbol federatsiyasi 78 yoshli mutaxassis Dik Advokat yana milliy terma jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganini rasmiy e’lon qildi.

Advokat joriy yil fevral oyida qizining sog‘ligi bilan bog‘liq jiddiy muammolar sabab lavozimini tark etgan edi. Uning o‘rniga Fred Ryutten tayinlangandi. Biroq 11 may kuni Ryutten iste’foga chiqqanini ma’lum qildi. U qarorini jamoada bo‘linish keltirib chiqarmaslik va Jahon chempionatiga tayyorgarlikka halaqit bermaslik istagi bilan izohladi.

Ma’lum bo‘lishicha, terma jamoa futbolchilari va homiylar Advokatning qaytishini talab qilgan. Kyurasao futbol federatsiyasi prezidenti Gilbert Martina esa mutaxassisning qaytishi avvaldan rejalashtirilmaganini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, Kyurasao terma jamoasi 2026 yildagi Jahon chempionatida ishtirok etadi. Jamoa guruh bosqichida Germaniya, Ekvador va Kot-d’Ivuarga qarshi bahs olib boradi. Dik Advokat esa mundiallar tarixidagi eng yoshi katta bosh murabbiyga aylanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!