Dilyaver Vaniev "Mash’al"ning 3:0 hisobidagi mag‘lubiyatidan keyin: "Bugun jamoamni tanimadim"

  • 4 oktabr, 2022, 21:53
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun pro liganing 20-turida “Buxoro” o‘z uyida “Mash’al”ni qabul qildi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanining dastlabki qismida “Mash’al” bosh murabbiyi Dilyaver Vaniev qatnashdi.

Tecno

- Bu o‘yin haqida gapirish qiyin. Biz raqibga har jabhada yutqazdik. Bugun jamoamni tanimadim. Nimaga bunday bo‘lganini bilmadim. Holbuki, “Buxoro”ning o‘yin uslubiga mos keladigan boshqa raqib bilan nazorat uchrashuvida ham maydonga tushgandik. Endi “Buxoro”ga qarshi o‘yinni ko‘rib, tahlil qilib chiqamiz. Birinchi daqiqadanoq ko‘rindiki, jamoamning o‘yini o‘xshamadi. Himoya chizig‘ida va himoyadan hujumga o‘tishda ham yaxshi o‘ynay olmadik. O‘yinda shu kamchiliklarimiz o‘z so‘zini aytdi.

- Siz “Buxoro”dan shunday o‘yin kutganmidingiz?

- Biz kutgandik. Axir o‘z uyida o‘ynayapti, bosim qilishini kutgandik. Maydonda birinchi jamoa bo‘lib harakat qilishini bilgandik. Aytganimdek, himoyadan hujumga o‘tishda juda ko‘p xatoga yo‘l qo‘ydik. Bu o‘yinni o‘rganib chiqamiz.

- Sog‘ligingiz qanday? Oxirgi paytlarda ko‘rinmay qolgandingiz?

- Yo‘q, men yaxshiman.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!