“Dinamo” – “Nasaf”. Prevyu

  • 07.03.2019 16:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Mamlakatimizning nomdor jamoalaridan biri hisoblangan "Nasaf" Coca-cola Superligasining 1-turini Samarqandda “Dinamo”ga qarshi o‘tkazadi. Ushbu qo‘shni viloyatlar jamoalari o‘rtasidagi har bir uchrashuv qiziqarli va kutilmagan natijalarga boy bo‘lgan. Shuningdek “Dinamo” jamoasi “Nasaf” uchun doimo noqulay raqib bo‘lib kelgan.

Samarqand jamoasi bir yillik tanaffusdan so‘ng yana Superligaga qaytdi. Ular o‘tgan mavsumni Pro-ligada o‘tkazishgan edi.

“Dinamo” – “Nasaf” uchrashuvi 9 mart shanba kuni “Dinamo” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 16:00da boshlanadi.

O‘zaro uchrashuvlar tarixi

Mazkur klublar oliy ligada shu kungacha 38 bor kuch sinashishgan. Natijalar "Nasaf"ning ustunligini ko‘rsatmoqda. Ularda qarshiliklar 20 marta g‘olib chiqishgan bo‘lishsa, 7 o‘yinda samarqandliklarning qo‘li baland kelgan, 11 uchrashuvda durang qayd etilgan.

To‘plar nisbati 35:55ga teng. Ustunlik “Nasaf” tarafida.

O‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: “Nasaf” – “Dinamo” 5:0, “Dinamo” – “Nasaf” 4:0.

"Ajdarlar" so‘nggi o‘zaro uchrashuvni 2017 yil 20 oktyabrda Qarshida o‘tkazgan. Bu uchrashuv 3:0 hisobida "Nasaf" g‘alabasi bilan yakunlangan. 2018 yilgi mavsumda “Dinamo” Superligada ishtirok etmagan.

Samarqanddagi o‘zaro bahslarga oid

Ushbu jamoalar shu paytgacha Samarqandda 18 bor kuch sinashishgan. Uchrashuvlarning oltitasida "Nasaf" g‘alaba qozongan. Besh uchrashuvda samarqandliklarning qo‘li baland kelgan. Qolgan etti uchrashuvda kuchlar teng kelgan. Darvozalarga jami 39ta to‘p kiritilgan. To‘plar nisbatida ham kichik ustunlik “Nasaf” tomonida 19:20.
Samarqandda bo‘lib o‘tgan o‘zaro uchrashuvlarda so‘nggi bor, 2008 yili “Dinamo” 3:0 hisobida g‘alabaga erishgan. “Nasaf” so‘nggi bor, Samarqandda 2014 yili g‘alaba qozongan. Bu uchrashuvda “ajdarlar” raqiblari darvozasiga beshta javobsiz to‘p yo‘llashgan.

E’tiboringizga, Samarqandda bo‘lib o‘tgan so‘nggi besh uchrashuvning natijalarini havola qilamiz.

13.05.2017 «Dinamo» - «Nasaf» 1:1
31.10.2015 «Dinamo» - «Nasaf» 1:1
03.08.2014 «Dinamo» - «Nasaf» 0:5
17.08.2013 «Dinamo» - «Nasaf» 1:3
15.03.2012 «Dinamo» - «Nasaf» 0:2
20.06.2011 «Dinamo» - «Nasaf» 0:1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!