"Dinamo" - "Lokomotiv": O‘zaro o‘yinlarda ustunlik kim tomonida?

  • 4 iyun, 2023, 14:44
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichining so‘nggi turida "Dinamo" Samarqandda "Lokomotiv"ni qabul qiladi.

Tecno

Xabaringiz bor, ikkala jamoa pro ligada kurash olib borishyapti va hozirda chempionat etakchilari sanaladilar. Endilikda ular Kubok doirasida yana bellashadilar. "Dinamo" ham, "Lokomotiv" ham muddatidan ilgari keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qilishgan. Faqat bugun 1-o‘rin egasini aniqlashtirib oladilar.

"Dinamo" matbuot xizmati esa bugungi o‘yin oldidan prevyuni taqdim etdi va unda shunday deyiladi:

«Dinamo» va «Lokomotiv» chempionat tarixida o‘zaro 29 marta to‘qnash kelgan. «Dinamo» 12 o‘yinda g‘olib bo‘lgan, 5 o‘yin durang hisobida yakunlangan. «Lokomotiv» «Dinamo»ni hozirga qadar 12 marta mag‘lub eta olgan. To‘plar nisbati «Loko» tomonida – 40:42. O‘zaro o‘yinlarda «Dinamo» 41, «Lokomotiv» ham 41 ochkoni qo‘lga kiritgan.

«Lokomotiv»ning o‘zaro o‘yinlarda qozongan eng yirik g‘alabasi – 5:1 ga teng. «Dinamo»da bu ko‘rsatkich yanada kattaroq – 5:0. 2009 yilgi bahsda Azamat Abduraimov boshchiligidagi «Dinamo» Ilhom Yunusov, Devid Oniya, Andrey Akopyants, Erkin Boydullaev, Bahodir Nasimovning Filimonov darvozasiga kiritgan gollari evaziga «Loko»ni 5:0 hisobida mag‘lub etgan.

«Dinamo» so‘nggi marta 2022 yilda «Lokomotiv»ni Samarqandda mag‘lub etgan – 3:1. Toshkentda esa bu yil 0:0 hisobi qayd etilgan".

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!