"Dinamo" BAAda CSKA bilan o'ynaydi

  • 06.01.2026 18:09
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Samarqandning "Dinamo" jamoasi Rossiyaning CSKA jamoasi bilan nazorat uchrashuvida qatnashadi.

"Dinamo" jamoasi mavsum oldi dastlabki xorij yigʻinini 16-29 yanvar kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida oʻtkazadi.

Abu-Dabidagi yigʻin doirasida "Dinamo" bir qator oʻrtoqlik uchrashuvlarini oʻtkazishni rejalashtirgan. Jumladan, 25 yanvar kuni Abu-Dabida Rossiyaning 6 karra chempioni CSKA klubiga qarshi xalqaro oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazish boʻyicha kelishuvga erishildi. 

"Dinamo" Superligada mavsumni 4- oʻrinda yakunlagan boʻlsa, CSKA Rossiya Premyer-ligasi birinchi davrasidan keyin peshqadamdan 4 ochko ortda qolib 4- oʻrinni egallab turibdi. 

"Dinamo»ning BAAdagi oʻrtoqlik oʻyinlari haqida yana batafsil maʼlumot beriladi", - deya yozdi Samarqand klubi matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!