
"Dinamo" hujumchisining dubli Qirg‘izistonga Quvayt ustidan g‘alaba keltirdi
Dubaydagi «The Sevens Stadium»da Kojo Joelning dubli Qirg‘iziston milliy jamoasining g‘alabasini ta’minladi.
«Dinamo» hujumchisi Qirg‘iziston milliy jamoasi safida 60-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, 70-daqiqada milliy jamoasidagi debyut golini kiritgan bo‘lsa, 88-daqiqada esa dublini rasmiylashtirib, qirg‘izlarga g‘alaba keltirdi!
O‘rtoqlik o‘yini. 11 sentyabr
Quvayt - Qirg‘iziston - 1:3
Gollar: 11’ – Aliqulov 43, Kojo Joel 70, 88.
“Dinamo” matbuot xizmati.
Fikrlar