"Dinamo" Rossiya, Armaniston va Qozog‘iston chempionlariga qarshi o‘yin o‘tkazadi

  • 03.02.2026 19:31
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Superliga-2026ga yakuniy tayyorgarlik bosqichini Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazadigan "Dinamo" jamoasi bir qator nomdor klublarga qarshi maydonga tushadi. 

Samarqand kecha Rossiyaning 10 karra chempioni "Zenit" bilan o‘rtoqlik o‘yini borasida kelishuvga erishgani haqida xabar berilgan edi. Sankt-Peterburg klubi bilan 9 fevral kungi bahs yig‘indagi 1-o‘yin bo‘ladi, Abu-Dabi va Dubayda jamoani yana 4ta uchrashuv kutib turibdi. 

Xususan, 12 fevral kuni 13 karra Armaniston chempioni "Pyunik" bilan bahs o‘tkazilsa, 14 fevralda Rossiyaning 3 karra chempioni "Lokomotiv" Moskvaga qarshi maydonga tushiladi. Yana ikki kun o‘tib – 16 fevralda esa Qozog‘istonning 7 karra chempioni "Astana" klubi "Dinamo"ga qarshi o‘yin o‘tkazadi. 19 fevralda esa 2025 yil Qozog‘iston Premier-ligasida 4-o‘rinni egallagan "Yelimay" klubi ko‘hna shahar jamoasining Dubay yig‘indagi so‘nggi raqibiga aylanadi. 

Ushbu bahsdan keyin "Dinamo" O‘zbekistonga qaytib, Samarqandda o‘tadigan Superliga 1-turi doirasidagi "Navbahor"ga qarshi o‘yinga hozirlik ko‘radi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!