Diogu Jotaning o‘limi shu ikki yulduzni olishga sabab bo‘ldi!
Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot yozgi transferlar davrida rekord summaga Aleksander Isaak va Ugo Ekitike olingani haqida ma’lumot berdi.
Ko‘pchilikni “qizillar” nega bir pozitsiyada o‘ynaydigan ikki o‘yinchini bir paytda jamoaga qo‘shib olgani qiziqtirayotgan edi. Arne Slot bu masalaga oydinlik kiritdi.
- Biz hujum chizig‘ini 9-raqam pozitsiyasida o‘ynaydigan ikki futbolchi bilan kuchaytirdik. Diogu Jota bilan yuz bergan fojiadan keyin bu nuqtaga bitta hujumchi kamlik qilishini anglab etdik.
Boshida biz Darvin Nunesning o‘rniga boshqa hujumchi olishni rejalashtirgandik. Biroq keyinchalik ikkita yangi ijrochini transfer qilish variantini tanladik.
Bu jarayonning boshidayoq Aleksander Isaak va Ugo Ekitike jamoaga kerak ekani ma’lum bo‘lgandi, - deb izoh berdi Arne Slot.
Eslatib o‘tamiz, mersisaydliklar Ekitike transferi uchun 95 million evro sarfladi. Aleksander Isaakning “Liverpul”ga o‘tishi 145 million evroga tushdi va bu Angliya futbolida rekord darajadagi eng qimmat transfer bo‘ldi.
Fikrlar