Diyor Imomxo‘jaev: Erkakka o‘xshab futbol o‘ynashga chaqiraman

  • 18 may, 2022, 13:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Neftchi” klubi bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov kecha Superliganing 9-turida “Navbahor”ga (0:0) qarshi bo‘lib o‘tgan bahsdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida o‘yinni cho‘zish ham bir mahorat degan so‘zlarni aytdi.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Diyor Imomxo‘jaev esa mutaxassisning ushbu fikrlariga munosabat bildirdi.

“Futbolchilarimizning vaqt cho‘zishlari masalasida ko‘p yozilyapti. Bu boradagi tanqidlarga to‘liq qo‘shilaman hamda liga rahbari sifatida futbolchi hamda murabbiylarni erkakka o‘xshab futbol o‘ynashga chaqiraman. Ularga maosh futbol o‘ynayotganliklari uchun to‘lanadi, vaqt cho‘zish uchun emas. Ba’zida pulni halollab olish haqida ham bosh qotirish kerak”, - deb yozdi Imomxo‘jaev o‘zining telegramdagi kanalida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Жабборов Ахмаджон
18/05/2022 15:46
Ўзинг бирор марта тўп тепганмисан