Diyor Imomxo‘jaev: "Nasaf"ga Markaziy Osiyoda teng keladigani topilmadi

  • 26.08.2021 11:09
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

Kecha “Nasaf” OFK kubogining Markaziy mintaqasi final uchrashuvi doirasida “Ahal” bilan kuch sinashdi. Turkmaniston klubiga qarshi bahsda qarshiliklar 3:2 hisobida zafar quchishdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi sahifasida "Nasaf" Markaziy Osiyoda kuchli jamoa ekanligiga e’tibor qaratdi.

- "Nasaf"ga Markaziy Osiyoda teng keladigani topilmadi. Navbatdagi qadam – Hindiston.

Yaxshi tomoni hind klubi ham Qarshida mehmon bo‘ladi. Demak, musobaqa yarim finaliga bir qadam qoldi, - dedi Diyor Imomxo‘jaev.

Srechko Katanets va Ravshan Ermatov "Nasaf" - "Ahal" uchrashuvini stadiondan kuzatdi va Qashqadaryo viloyati hokimi bilan uchrashdi

"Nasaf" klubi "Ahal" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng yaxshigina pul ishlab oldi va jamoaga yana bonus ham taqdim etiladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!