Diyor Imomxo‘jaev: "Paxtakor" yillar davomida sun’iy ravishda kuchaytirildi"
O‘zPFL rahbari Diyor Imomxo‘jaev O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga bergan intervyusida joriy mavsumda vodiý klublarining yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rgani muxlislar qiziqishi bilan bog‘liq ekanini ta’kidladi.
Vodiý klublari yangi mavsumga yaxshi tayyorlandi. Bu auditoriya aynan o‘sha hududda joylashgani bilan bog‘liqmi?
"To‘ppa-to‘g‘ri. Xalq sun’iylikni qabul qilmaydi. «Paxtakor» yillar davomida sun’iy ravishda kuchaytirildi va natijada muxlislar undan uzoqlashdi. Hozir esa daryo o‘zani to‘g‘rilanyapti. Samarqand, Kattaqo‘rg‘on kabi hududlarda futbol salohiyati juda yuqori. Muxlislar talab qilayotganı uchun bu o‘zgarishlar amalga oshyapti.
Shuningdek, Prezidentimizning futbolga bo‘lgan qiziqishi ham sohaning rivojiga turtki bermoqda. Bozor ham odam bor joyda paydo bo‘ladi", — dedi Imomxo‘jaev.
Fikrlar