Diyor Imomxo‘jaev Pro ligada klublar soni oshirilgani sababini tushuntirdi

  • 25.02.2026 03:49
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

O‘zPFL rahbari Diyor Imomxo‘jaev O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga bergan intervyusida Pro ligada ishtirok etuvchi klublar soni nega 14 taga yetkazilgani haqida izoh berdi.

Ma’lumki, Pro liga klublari soni 14 tagacha oshirildi. Buni keskin ko‘tarilish deb baholash mumkin. Klublar talabga javob bergani uchun qo‘shildimi?

"Agar tayyor bo‘lmagan klubni qo‘shganimizda, o‘tgan yili qilgan bo‘lardik. Nima uchun o‘tgan yili 8 ta bilan qoldirdik? Mana, Kattaqo‘rg‘onni qo‘shdik. U yerda Superliga jamoasi o‘ynaydigan darajada maysa va tribunalar bor. G‘azalkent ham xuddi shunday. Talab muqaddas bo‘lishi kerak. Bu — futbolimiz konstitutsiyasi.

O‘tgan yili sifat uchun, son uchun o‘ynamaganimiz sabab bu yil shunday talab qo‘ya olyapmiz. Universitet jamoalarida pul bor, lekin infratuzilma muammo. Masalan, FarDU o‘z infratuzilmasini qildi. Qolganlarga vaqt beriladi, ammo ular majburiy ravishda boshqa maydonlardan foydalanadi.

"Buxoro" Superliga maydonida o‘ynaydi. Hech qachon songa uchib, sifatni o‘ldirish kerak emas. Xudo xohlasa, bu yil Pro liga tarixdagi eng yaxshilaridan biri bo‘ladi", — dedi Imomxo‘jaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!