Dmitriy Bivol Artur Beterbiev bilan jang qilish istagida

  • 12 oktabr, 2020, 09:58
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Profescional boksning yarim og‘ir vaznida jahon chempioni rossiyalik Dmitriy Bivol hamyurti Artur Beterbievga qarshi kamarlarni birlashtirish bo‘yicha jangga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Tecno

Onlayn konferentsiya davomida Bivol Beterbiev bilan hisob-kitob qilishdan juda manfaatdor ekanligini aytdi va ular o‘rtasidagi jang Rossiyada katta voqeaga aylanishi mumkin, deb hisoblaydi.

"Artur Beterbiev bilan jang qilmoqchiman. Menimcha, u ham buni xohlaydi. Bu ajoyib jang bo‘ladi. Men bu jangni Sankt-Peterburgda o‘tkazishni juda istardim", - dedi Bivol.

Bivol Butunjahon boks assotsiatsiyasining (WBA) yarim og‘ir vazn toifasida WBA chempioni hisoblanadi. Beterbiev esa, Butunjahon boks kengashi (WBC) va Xalqaro boks federatsiyasining (IBF) chempionlik unvonlariga ega.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!