
Dominik Tim joriy yilgi uchinchi sovrinini qo‘lga kiritdi
Avstriyalik Dominik Tim va ispaniyalik Alberta Ramos Kittsbyuel shahrida o‘tkazilgan "Generali Open" turnirining so‘nggi hal qiluvchi final bahsida o‘zaro raqobatlashdi.
Mazkur bahsning birinchi setida tay-brekda g‘alaba qozondan Dominik, ikkinchi setda raqibiga bor yo‘g‘i bitta geymni boy berib qo‘ydi va bosh sovrin g‘olibiga aylandi.
Shu tariqa musobaqaning bosh sovrinini qo‘lga kiritgan Tim 250 reyting ochkosi va 90,390 evro pul mukofoti bilan tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
Fikrlar