Doniyor Usmonov "Qizilqum"ga qaytdi!
Navoiyning “Qizilqum” jamoasi ham selektsiya ishlarini to‘xtatgani yo‘q va bu borada izlanishlar olib borilmoqda. Kuni kecha jamoa tarkibiga yana bir futbolchi kelib qo‘shildi.
Ilgari ham “Qizilqum”da to‘p surgan va o‘tgan mavsumda Bekobodning “Metallurg” jamoasi sharafini himoya qilgan 26 yoshli hujumchi Doniyor Usmonov yana sobiq klubiga qaytdi. O‘tgan yili u “Metallurg” tarkibida 9 ta o‘yinda maydonga tushgandi. “Qizilqum” ushbu o‘yinchi bilan 2020 yilning oxiriga qadar shartnoma imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, “Qizilqum” jamoasi bugun Superliganing 1-turi doirasida o‘z maydonida Qarshining "Nasaf” klubini qabul qiladi.

Fikrlar