Donnarummaning akasi "Milan" tarixiga kirdi

  • 16.01.2020 13:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Milan" darvozaboni Antonio Donnarumma klub rekordini o‘rnatdi. Bu haqda Italiya nashrlari xabar tarqatmoqda.

Gap shundaki, 29 yoshli futbolchi “rossonerilar” safida 300 daqiqa o‘ynagach birorta ham gol o‘tkazib yubormagan ilk darvozabon bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Antonio Donnarumma Italiya terma jamoasi va “Milan” klubi posboni Janluiji Donnarummaning akasi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!