Donni van de Bek Rangnikning ham ishonchini oqlamadi

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Donni van de Bek jamoasini o‘zgartiradi. Bu haqda "Calciomercato" nashri yozmoqda. 

Manbaning xabariga ko‘ra, niderlandiyalik futbolchi qishki transfer vaqtida "qizil iblislar" safini tark etmoqchi. Havbekka "Yuventus" va "Inter" jamoalar jiddiy qiziqish bildirmoqda. 

Ma’lumot uchun, Donni van de Bek joriy mavsum 7ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan. Uning mankunianliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!