Doston Hamdamov Qatarda debyut o‘yiniga tayyorlanmoqda, shartnoma muddati esa...

  • 21.01.2022 21:48
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Bugun “Paxtakor” klubining iqtidorli yarim himoyachisi Doston Hamdamov O‘zbekiston milliy terma jamoasining Dubaydagi yig‘inini tark etib, Qatarning “Al-Sayliya” jamoasiga o‘tayotgani xususida xabar bergandik.

Sports.uz muxbiri 26 yoshli futbolchi bilan bog‘liq yangi tafsilotlarni aniqladi. Ma’lum bo‘lishicha, Qatarning “Al-Sayliya” klubi Hamdamovga qiziqib qolgan va “Paxtakor” bilan futbolchi borasida muzokaralarga kirishgan.

Doston ham o‘zini yana legioner sifatida chetda sinab ko‘rish istagi yo‘q emasdi. Natijada tomonlar bir to‘xtamga kelishdi va Hamdamov “Al-Sayliya” klubiga olti oyga ijaraga berildi.

Ertaga Qatar chempionati doirasida “Al-Sayliya” safarda “Al-Xor” bilan kuch sinashadi. Ayni paytda Hamdamov yangi jamoasi bilan bo‘lajak o‘yinga tayyorgarlik ko‘ryapti va katta ehtimol bilan ertaga “Al-Sayliya” tarkibidagi debyutini o‘tkazishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!