Doston Tursunov: "O‘zimni yana xorijda sinab ko‘rmoqchiman"

  • 1 iyul, 2024, 19:31
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Eron chempionatida to‘p surgan legionerlarimiz orasida himoyachi Doston Tursunov ham bor. U Xuzistonning “Istiqlol” tarkibi to‘p surdi.

Tecno

O‘z jamoasi safida bir qator bellashuvlarda ishtirok etdi va o‘zidan yomon taassurot qoldirgani yo‘q. Eronda milliy chempionat yakuniga etganidan xabaringiz bo‘lsa kerak. Sports.uz jurnalisti esa Tursunov bilan bog‘landi.

- Doston Erondagi faoliyatingiz qanday o‘tdi? Siz uchun yoqimli va yoqimsiz taraflari nimada bo‘ldi?

- Erondagi faoliyatim juda zo‘r o‘tdi. Men u erga o‘z sport formamni qaytarish hamda jamoamga yordam berish uchun bordim va barchasi yaxshi kechdi.

- Xuzistonning “Istiqlol” klubidagi sharoitlar qanday edi? Biznikidan ustun yoki kamchilik tomonlari bormidi?

- Sharoitlari yaxshi. Bir so‘z bilan aytganda, futbolga yaxshi e’tibor berishadi.

- Himoyachi sifatida eronlik hujumchilar sizga qanchalik xavf tug‘dira oldilar?

- Ular jismonan juda baquvvat. Aytishim kerakki, menga bunday hujumchilar yoqadi.

- Keyingi rejangiz qanday? “Istiqlol”ni tark etdingizmi?

- “Istiqlol” klubi bilan 30 iyun kuni shartnomam tugadi. Qolganini biroz dam olgandan so‘ng o‘ylab ko‘ramiz.

- Eshitishimcha, sizga takliflar bor, masalan “Qizilqum”ga o‘tishingiz mumkinligi haqida eshitdik. Bu haqiqatga aylanyaptimi?

- Yo‘q, bu haqida hech qanaqa xabar mavjud emas. Men o‘zimni yana xorijda sinab ko‘rmoqchiman.

- Eronda O‘runov va Masharipov ancha ko‘zga tashlanishdi. Ular haqida Eronda nimalarni aytishyapti?

- Ha, ular ham o‘zlarini juda yaxshi tomonlama ko‘rsata oldilar.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!