Dostonbek Tursunov: "Neftchi" uchun qolgan barcha o‘yinlar finalga teng
Avval xabar berganimizdek kecha Farg‘onaning "Neftchi" klubi o‘z maydonida Namanganning "Navbahor" klubini qabul qildi. Muxlislar esa maydonda keskin kurashlarga boy haqiqiy vodiy derbisini guvohi bo‘lishdi. Uchrashuv esa 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi.
O‘yindan so‘ng farg‘onaliklar sardori Dostonbek Tursunov Sports.uz internet-axborot portali muxbiriga o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini qisqacha bayon etdi.
- Bugun haqiqiy derbiga hos o‘yin bo‘ldi. Uchrashuvda g‘alabaga ko‘proq munosib edik deb o‘ylayman. Agar biz o‘zimiz yaratgan ko‘plab qulay imkoniyatlarni golga aylantira olganimizda, o‘yinda g‘alaba qozonishimiz mumkin edi.
- Sardorlik bog‘ichida maydonda harakat qilish qanday his tuyg‘ularni paydo qildi? Umumar, ushbu vazifa qiyinchlik tug‘dirmadimi?
- Eng avvalo sardorlik bog‘ichini berib, menga ishonch bildirishganidan xursandman. Lekin, bu futbolchidan qo‘shimcha kuch talab qiladi. Boisi, sardor sifatida harakat qilayotgan futbolchi qolgan jamoadoshlariga har tomonlama o‘rnak bo‘lishi va ulardan bir bosh ustun bo‘lishi lozim.
- Navbatdagi tur “Qo‘qon1912” jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi. Nima deb o‘ylaysiz, ushbu bahs “Neftchi” uchun hayotmamot janggi bo‘lishi mumkinmi?
- Bilasizmi, biz uchun nafaqat “Qo‘qon”ga qarshi bahs, balki har bitta o‘yin huddi finaldek, barchasi biz uchun hayotmamot janggi.


Fikrlar