Dragushin - Ruminiyaning ko‘rinmas qahramoni!

  • 17 iyun, 2024, 21:15
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evrodagi ilk sensatsiya Ruminiyaning Ukrainani yirik 3:0 hisobida mag‘lub qilgani bo‘ldi. Ruminiyaliklar tarkibidan Stanchu, Marin va Dregeshlar bittadan gol urgan bo‘lsa, Rebrov shogirdlari bunga javob qaytara olmadi. 

Tecno

Ushbu o‘yinning eng yaxshi futbolchisi Stanchu deb topildi, lekin bu bahsning boshqa qahramonlari ham bor. "Tottenxem" himoyachisi Dragushin asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq harakat qildi. U uchrashuv davomida barcha duellarda g‘olib chiqdi, 10 marotaba xavfli hujumni qaytargan bo‘lsa, sheriklari sheriklariga bergan pasining 89 foizi aniq etib bordi. Shu bilan birga, 2 marotaba zarbaga blok qo‘ydi. Raduning o‘yiniga "Sofa Score" 7,6 ball berdi. 

Ushbu 3 ochko Ruminiyani pley-offga chiqishi uchun katta yordam berishi mumkin. Sababi, eng yaxshi 3-o‘rin sohibi ham guruhdan chiqadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!