
Dramatik o‘tgan bahsda "Zenit" "Chelsi" bilan durang o‘ynadi
Evropa chempionlar ligasi 6-turidan o‘rin olgan "Zenit" - "Chelsi" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda 3:3 hisobi qayd etildi.
"Aristokratlar" safida Verner dubl qayd etdi. Shuningdek, Lukaku ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Piterliklar tarkibida Klaudino, Azmun va Ozdoev gol raqib darvozasini ishg‘ol etdi.
Ushbu natijadan so‘ng London klubi o‘z guruhida 2-o‘rinni egallagan holda, keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 3-pog‘onadan joy olgan "Zenit" Evropa ligasiga yo‘l oladi.
Fikrlar