Dzyudo. Abu-Dabida "Katta dubulg‘a" turniri boshlanmoqda, bugun 5 sportchimiz bahslarda ishtirok etadi

  • 24 oktabr, 2023, 11:18
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Bugun BAAning Abu-Dabi shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turniri start oladi. Parij-2024 Olimpiadasi reytingi uchun qimmatli ochkolarni taqdim qiluvchi musobaqada 77 mamlakatdan 450 nafar sportchi ishtirok etmoqda.

Tecno

Dasturga ko‘ra, bugun engil vazn toifasidagi sportchilar o‘rtasida medallar o‘ynaladi. Unda ishtirok etadigan O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolarining ilk raqiblari bilan tanishing:

-60 kg: Doston Ro‘ziev – Yusri Sami (Misr)
-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov – Zayid Alnaqbi (BAA)
-66 kg: Muhriddin Tilovov – Suggat Jubatkan (Qozog‘iston)/Serdar Rahimov (Turkmaniston)
-52 kg: Sita Qadamboeva – Jessika Pereyra (Braziliya)
-57 kg: Shukurjon Aminova – Maysa Perdibaeva (Turkmaniston).

MOQ matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!