
Dzyudo. "Astana Grand Slam" uchun O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi ma’lum
10-12-may kunlari Qozog‘istonning Astana shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnir bo‘lib o‘tadi.
Mukofot jamg‘armasi 154 000 evroni tashkil qiluvchi Barysy Grand Slam 2024 musobaqasida dunyoning 5 qit’asi 88 davlatidan 493 nafar (272 erkak, 221 ayol) dzyudochi ishtirok etadi. Ular orasida O‘zbekiston terma jamoasining 12 nafar dzyudochisi ham bor.
Ta’kidlash joiz, Astana "Katta Dubulg‘a" turniri Abu-Dabi shahri mezbonligidagi jahon chempionati hamda Parij-2024 Olimpiadasi oldidan o‘tkaziladigan so‘nggi IJF musobaqasi hisoblanadi.
Terma jamoamiz tarkibi:
Ayollar
-48 kg: Halimajon Qurbonova
-52 kg: Gulhayo Jo‘raeva
-52 kg: Sita Kadambaeva
-57 kg: Shukurjon Aminova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
-70 kg: Shohista Nazarova
-78 kg: Irisxon Qurbonova
+78 kg: Rinata Ilmatova
Erkaklar
-73 kg: Muhammadyahyo Mahammadjonov
-81 kg: Sharofiddin Boltaboev
-81 kg: Nurbek Murtazoev
-100 kg: Ernazar Sarsenbaev
Fikrlar