Dzyudo. Jahon chempionatida ishtirok etadigan tarkibimiz ma’lum

  • 03.06.2025 15:29
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Dzyudo

13-20 iyun kunlari Vengriya poytaxti Budapesht shahri yilning eng nufuzli musobaqasi - dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. 

Hozirgacha dunyo birinchiligidagi o‘z ishtirokini 94 davlat tasdiqlagan. Ular tarkibida jami 572 (302 erkak, 270 ayol) nafar dzyudochi medallar hamda jahon reytingi uchun qimmatli ochkolar uchun bahslarga kirishadi. Ular orasida to‘liq tarkibdagi O‘zbekiston terma jamoasi ham bor. 

Murabbiylar shtabi tomonidan taqdim etilgan tarkib rasman tasdiqlandi. Yakkalik bahslarida maksimal ishtirokchi - 18 nafar (9 erkak, 9 ayol) dzyudochi bilan qatnashamiz. Aralash jamoaviy musobaqada shuningdek, Obidxon Nomonov, Shirinjon Yo‘ldosheva va Umida Nig‘matova ham tatamiga chiqadi.

Vengriyaga yo‘l oladigan tarkib:

-60 kg: Bahrom Boturov
-66 kg: Zamohshari Bekmurodov
-66 kg: Azizbek Ortiqov
-73 kg: Shahram Ahadov
-81 kg: Arslonbek Tojiev
-90 kg: Nurbek Murtozoev
-90 kg: Shahzodxo‘ja Sharipov 
+100 kg: Alisher Yusupov
+100 kg: Muzaffarbek To‘raboev

QIZLAR
-48 kg: Halimajon Qurbonova
-48 kg: Laziza Haydarova
-52 kg: So‘g‘diyona Rafkatova
-52 kg: Muhayyo Ahmatova
-57 kg: Shukurjon Aminova
-63 kg: Marjona Nurulloeva
-70 kg: Xurshida Razzoqberdieva
-78 kg: Marjona Ko‘chimova
+78 kg: Irisxon Qurbonboeva

Aralash jamoaviy bahslar uchun: 
-73 kg: Obidxon Nomonov
-70 kg: Shirinjon Yo‘ldosheva
+78 kg: Umida Nig‘matova

Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek10
04/06/2025 00:39
Omad spirtchilarimizga