
Dzyudo: Muhriddin Tilovov Abu-Dabidagi turnirda shohsupaga ko‘tarildi!
Shu kunlarda Abu-Dabida dzyudo bo‘yicha "Katta Dubulg‘a" turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Erkaklar zrtasida -66 kg vazn toifasida finalgacha etib borgan hamyurtimiz Muhriddin Tilovov yakuniy bosqichda gruziyalik Vazha Margvelashviliga qarshi tatamiga chiqib, afsuski, imkoniyatni boy berdi va Abu-Dabi "Katta Dubulg‘a" turniri kumush medaliga ega chiqdi.
Tilovovga mazkur g‘alaba jahon va Parij-2024 Olimpiadasi reytingi uchun 700 ochkoni taqdim etadi.
Fikrlar