Dzyudo: Sharofiddin Lutfullaev hamda Diyora Keldiyorova bronza medalini qo‘lga kiritdi

  • 12 dekabr, 2019, 17:02
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Xitoyning Tsindao shahrida o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha nufuzli "Masters" seriyasiga kiruvchi turnirning birinchi kuni terma jamoamiz uchun omadli keldi.

Tecno

Hozirgina -52 kg vazn toifasidagi dzyudochimiz Diyora Keldiyorova bronza medali uchun kechgan bellashuvni g‘alaba bilan yakunladi. Yoshlar o‘rtasida jahon chempioni bo‘lgan Diyora rossiyalik kuchli raqibasi Nataliya Kuziutinaga qarshi tatamiga chiqdi va ippon bahosi evaziga g‘alaba qozondi.

Keldiyorova bronza medali bilan birga qimmatli 900 reyting ochkosiga ham ega chiqdi. Biroz avval -60 kg vazn toifasida ishtirok etgan jahon chempionatining kumush medali sohibi Sharofiddin Lutfullaev ham bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!