Dzyudo. To‘raboev ishtirokidagi final bahsiga ham Prezidentning tashrifi kutilmoqda

  • 11.10.2022 16:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Dzyudo

Avval xabar berganimizdek, Toshkentda o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining erkaklar o‘rtasida -100 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Muzaffarbek To‘raboev finalga yo‘l oldi.

SPORTS.uz ga ma’lum bo‘lishicha, ushbu final bahsiga ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tashrifi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, To‘raboev finalda kanadalik Kayl Reyesga qarshi tatamiga chiqadi. Mazkur bahs 17:30 da start olishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Мажидов Шахзод
11/10/2022 18:32
Келмадиларку келсалар яхши бўлар эди бугун ҳам олтин медал олди дзюдочимиз