EChL. "Bavariya" va "Atletiko" so‘nggi turda ham g‘alaba qozondi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 6-turidan o‘rin olgan "Bavariya" - "Lokomotiv" va "Zaltsburg" - "Atletiko" uchrashuvlari o‘z yakuniga etdi. Dastlabki bahsda myunxenliklar guruh autsayderi ustidan 2:0 hisobida g‘alabaga erishgan bo‘lsa, "matraschilar" mehmonda "Zaltsburg"ni xuddi shu hisobda taslim etdi. 

Ushbu o‘yinlar guruh bosqichiga yakun yasab berdi. Unga ko‘ra, "Bavariya" 16 ochko to‘plagan holda birinchi, "Atletiko" 9 ochko bilan ikkinchi pog‘onani band etdi. Avstriya grandlari so‘nggi turdagi mag‘lubiyat tufayli Evropa Ligasi pley-offiga ravona bo‘ldi. Moskvaliklar uchun esa evromavsum o‘z poyoniga etdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!