EChL. Chiroyli gollar kiritilgan bahsda "Real Madrid" g‘alaba qozondi

  • 5 mart, 02:45
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA Chempionlar ligasi pley-off bosqichining ilk bellashuvida Karlo Anchelotti boshchiligidagi "Real Madrid" hamshahari hisoblanmish "Atletiko"ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. 
 
Mazkur bellashuvning dastlabki daqiqalarida Valverderning chiroyli pasidan Rodrigo hisobni ochdi. 32-daqiqada esa argentinalik hujumchi Alvares super zarba yo‘llab, hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limning 55-daqiqasida Braim Dias "qirollik klubi"ni oldinga olib chiqdi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, javob bellashuvi 12 martdan 13 martga o‘tar kechasi soat 01:00 da start oladi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!