
EChL. Dramatik kechgan o‘yinda "Benfika" "Monako" bilan durang o‘ynadi va keyingi bosqichga yo‘l oldi (Videosharh)
Chempionlar ligasining pley-offida "Benfika" "Monako" bilan to‘qnash keldi va ajoyib g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Javob o‘yinida Aktyurkoglu hisobni ochdi, Minamino esa imkoniyatlarni tenglashtirdi. Shundan keyin Ellis jamoasini oldinga olib chiqdi. 76-daqiqada Pavlidis ham o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, 81-daqiqada frantsuzlar tarkibidan Ilenixena gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan ko‘p o‘tmay Kokchu hisobni tenglashtirdi.
Shu tariqa, umumiy 4:3 hisobida "Benfika" zafar quchib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Quyida ushbu bahs videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar