EChL. "Manchester Siti" raqibini yanchib tashladi
Evropa chempionlar ligasi nimchorak finalidan o‘rin olgan "Sporting" - "Manchester Siti" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda mehmonlar 5:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
"Shaharliklar" safida Bernardu dubl muallifiga aylandi. Shuningdek, Foden, Sterling va Mahrez o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoalar ishtirokidagi javob o‘yini 9 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar