EChL oldidan "Real"da yo‘qotish bor

  • 4 oktabr, 2022, 08:00
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga kecha “Osasuna”ga qarshi o‘yinda olgan jarohati tufayli jamoa mashg‘ulotlarini o‘tkazib yubordi.

Tecno

Shu tariqa, Kamavinganing Chempionlar ligasi guruh bosqichida Donetskning “Shaxtyor” jamoasiga qarshi o‘yinida ishtirok etishi so‘roq ostida qolmoqda. Avvalroq, jarohat olib, "Osasuna" bilan o‘yinni o‘tkazib yuborgan darvozabon Tibo Kurtua ham uchrashuvni o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, Kamavinga o‘tgan yozda Frantsiyaning "Renn" klubidan "Real"ga o‘tgan edi. O‘zining debyut mavsumida Eduardo Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!